Dahshat! 4 nafar o‘smir bir yil davomida 11 yoshli qizni zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

Dahshat! 4 nafar o‘smir bir yil davomida  11 yoshli qizni zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

Krasnodar o‘lkasida tergovchilar to‘rt nafar o‘smirga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovni yakunladi. Ular jinoyat vaqtida 11 yoshli qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda, deya xabar beradi Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, deyarli bir yil davomida – 2021 yilning mayidan 2022 yilning mayigacha – qiz 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tomonidan zo‘rlangan.

Bu vaqt davomida qiz jim turdi, lekin 2022 yil may oyida u onasiga nima bo‘lganini aytdi. Ayol polisiyaga murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, zo‘rlaganlar 6-7 sinf o‘quvchilari hamda maktab-internatning ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

O‘smirlarga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, tergov davomida 3 nafar o‘smir tergov izolyatoriga joylashtirildi. Tergov boshlangan paytda gumonlanuvchilar guruhining to‘rtinchisi 14 yoshda bo‘lganligi sababli u uy qamog‘iga olingan.

Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!