COVID-19ga ishonmaydiganlar qabrlar qazishga yuboriladi

COVID-19ga ishonmaydiganlar qabrlar qazishga yuboriladi

Indoneziyaning Gresik okrugida pandemiya paytida niqobsiz ushlangan erkaklarni "profilaktika maqsadida" jazolashga qaror qilindi.

“Ular koronavirus qurbonlari uchun qabrlar qazishga yuborilmoqda”, deydi “The Daily Mail”.

Ma’lum qilinishicha, qabrlarni qazish uchun dastlabki sakkizta qonunbuzar yuborilgan.

Hududida faqat uchta professional qabr qazuvchilar qolganini ma’lum qilgan mahalliy hukumat vakilining jurnalistlarga aytishicha, “yordamchi kuch hecham ortiqchalik qilmaydi”.

"Bir nechta sabablarga ko‘ra yangi karantin qoidalarini e’tiborsiz qoldiradigan ko‘plab fuqarolar bor va ular jamoat ishlari shaklida jazoga tortiladi", deydi mahalliy rasmiylar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!