“COVID-19”dan sog‘aygan insonlar reabilitasiya davrida qanday qon tahlillarini topshirib turishlari lozim?

“COVID-19”dan sog‘aygan insonlar reabilitasiya davrida qanday qon tahlillarini topshirib turishlari lozim?

“COVID-19”dan sog‘aygan insonlar reabilitasiya davrida qanday qon tahlillarini topshirib turishlari lozim?

Ushbu savol yuzasidan SSV Matbuot xizmati Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori  Orifjon  Aripovga murojaat qildi:

— Infeksiya va medikamentoz davo vositalari organizm holatiga negativ tasir xam ko‘rsatishi mumkin.  COVID-19 kasalligidan tuzalgan insonlarda  kasallikka xos umumiy o‘zgarishlardan tashqari har bir bemor organizmida individual shikastlanishlar ham kuzatilishi aniqlangan. Shu sababli bemorlar salomatligini  e’tibor bilan kuzatilishi lozim. 

Laborator tahlillar inson organizmidagi a’zolarning kasallikdan keyingi funksional holatini baholash va asoratlarni aniqlashga yordam beradi. COVID-19 kasalligidan tuzalgan bemorlarda asosan ko‘proq shikastlanadigan 3 ta tizimga e’tibor qaratish kerak: o‘pka, buyrak va bosh miya faoliyati. 

Agar bemorda ikki oydan ko‘p davom etayotgan hansirash belgilari bo‘lsa va  dinamik kuzatuvda kamaymasa, kardiolog maslahati va yurak UTT tekshiruvi ham o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. 

Tahlillardan umumiy qon tahlili – eng tez, oddiy va informativ tekshiruv usulidir. Bu tekshiruvda avvalo allergik komponentni namoyon qiluvchi eozinofillar aniqlanishiga e’tibor beriladi. Shu bilan birga, organizmdagi yallig‘lanish jarayonining holati (leykosit, limfosit, ECHT) va ko‘p uchraydigan asoratlardan bo‘lgan kamqonlik ham baholanadi.

Davolash paytida ko‘p va uzoq vaqt davomida antibakterial terapiya qabul qilgan bemorlarda esa uchraydigan asoratlardan biri – bu psevdomembranoz kolitdir. Bu asorat bemorlarda sababsiz ich ketish, qorindagi davom etuvchi og‘riqlar bilan kuzatiladi. Bu holatlarda bemorni chuqurroq tekshirish, tor mutaxassis maslahati zaruriyati tug‘iladi.  

Yallig‘lanish belgilari: 
umumiy qon tahlili + ECHT, leykositar formula, S-reaktiv oqsil, ferritin orqali interpretasiya qilinadi.

Qon ivish tizimi:
D-dimer, Protrombin, fibrinogen;
Organizmni vitamin D bilan to‘yinganligini baholash:
25-OH vitamin D;

Yurak holati: 
Laktatdegidrogenaza, natriy, kaliy, xlor, kalsiy (Sa2+), magniy;

Jigar holati: 
Alanin-aminotransferaza, aspartat-aminotransferaza, umumiy bilirubin;

Buyrak holati:
Kreatinin, mochevina, oqsil va uglevod almashinuvi, glyukoza, albumin, sistatin S;

Autoimmun jarayonlarni o‘z vaqtida aniqlash:
Yadro antigenlariga antitela, skrining tahlillari orqali amalga oshiriladi.

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida aholining keng qatlamlari va har bir xonadonda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish, jismoniy tarbiya, sport va to‘g‘ri ovqatlanishni faol targ‘ib qilish va ularga amal qilish lozim. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!