«COP28 Dubai»: O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari taqdim etildi

«COP28 Dubai»: O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari taqdim etildi

⏺ Bugun aholini farovonligini oshirish, o‘zgaruvchan iqlim sharoitida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish, tuproq sifati va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🖇 Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov mazkur ishlar davomi sifatida BMT tashabbusi bilan Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida «COP28 Dubai» konferensiyasi doirasida tashkil etilgan «Oziq-ovqat xavfsizligi va tuproq unumdorligini oshirish» sammitida ishtirok etdi.

🏫 O‘zbekiston pavilyonida Qishloq xo‘jaligi salohiyati va sohaga doir qilinayotgan ishlarni o‘zida aks ettirgan Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari qo‘shma taqdimoti namoyish etildi.

📌 Bugungi kunda O‘zbekistonda agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, raqobatbardosh, bozor va eksportga yo‘naltirilgan sifatli mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qo‘shilgan qiymat zanjirni yaratish, sohaga ilm-fan va innovasiyalarni joriy etish maqsadida ishlar amalga oshirilayotgan ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

✅ Azimjon Nazarov o‘z navbatida, butun dunyoda iqlim o‘zgarishi yerlar degradasiyasi jarayonlarini kuchaytirib, qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligini pasayishiga olib kelayotgani, yerlar degradasiyaga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!