"Cobalt" hamda velosiped ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot

"Cobalt" hamda velosiped ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot

⚡️Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 14 sentyabr kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan B.H. "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga kutilmaganda chiqib kelgan velosipedchi va velosipedga ulangan aravada bo‘lgan fuqaroni urib yuborgan.

🔹Natijada, velosipedchi va aravada bo‘lgan fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan voqea joyi o‘rganilib Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!