CNN: Bayden va Tramp debat o‘tkazishga kelishib oldi

CNN: Bayden va Tramp debat o‘tkazishga kelishib oldi

Debat davomida AQSh prezidentligiga nomzodlarga o‘z saylovoldi shtablari a’zolari bilan muloqot qilish, qoralama va tayyorlangan eslatmalardan foydalanish taqiqlanadi. Ularga faqatgina bir shisha suv, bloknot va ruchka beriladi.

Debat 27 iyun kuni CNN studiyasida, tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi. Tramp va Bayden bitta podiumda turishadi, ularning o‘rni tanga otish orqali aniqlanadi. Faqat so‘zlayotgan nomzodning mikrofoni yoniq bo‘ladi. Debatning davomiyligi 90 daqiqani tashkil etishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!