CNN: AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyaga qattiq sanksiyalar bilan tahdid qilishdi

CNN: AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyaga qattiq sanksiyalar bilan tahdid qilishdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan va maslahatchi Stiv Rikchetti bilan maslahatlashdi. Ular Rossiyaning «Ukrainaga nisbatan tajovuzkor harakatlari»ni muhokama qilishdi, deb xabar beradi CNN jurnalisti.

Qayd etilishicha, Bayden Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasi yaqinidagi pozisiyasi, shuningdek, AQSh va hamkorlarning Ukrainaga ehtimoliy «bosqin» atrofidagi keskinlikni yumshatish borasidagi sa’y-harakatlari va Rossiyani jilovlash choralari haqida ma’lumot berilgan. Baydenning ta’kidlashicha, Rossiya SWIFT to‘lovlari haqidagi ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha banklararo tizimdan uzilishi va Ukrainaga hujum sodir bo‘lgan taqdirda boshqa jiddiy cheklovlar qo‘llanilishi mumkin. U maslahatchilar bilan bu mamlakatga yordam sifatida qurol yetkazib berish haqida gapirdi.

Shu bilan birga Britaniya Rossiyaning SWIFT tizimidan uzilishining «yadroviy» ssenariysini qo‘llab-quvvatlaydi. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari «Shimoliy oqim 2» ga cheklovlarni istisno qilmasligi kerak, deb ishonadi Bosh vazir Boris Jonson.

Gazetaning ta’kidlashicha, Jonson go‘yoki «ba’zi dunyo yetakchilari Ukraina chegarasidagi vaziyat yomonlashayotganini yetarlicha baholamasligi yoki tajovuzkor Rossiya xavfini to‘liq anglamasligidan qo‘rqishadi». Jonson G7 yetakchilari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!