«Cho‘qintirgan ota» filmining prodyuseri Grey Frederikson 85 yoshida AQShda vafot etdi

«Cho‘qintirgan ota» filmining prodyuseri Grey Frederikson 85 yoshida AQShda vafot etdi

The Hollywood Reporter jurnaliga ko‘ra, «Cho‘qintirgan ota» filmining prodyuseri Grey Frederikson 85 yoshida AQShda vafot etdi.

Uzoq vaqt davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelgan Frederiksonning o‘limi haqida nashrga uning rafiqasi xabar bergan.

Frederikson rejissyor Frensis Ford Koppola bilan «Cho‘qintirgan ota» trilogiyasida va Vetnam urushi haqidagi «Apocalypse Now» filmida ishlagan. U «Cho‘qintirgan ota» trilogiyasidagi ikkinchi filmning prodyuseri sifatida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!