"Chiroqchidagi tug‘ruqxonada hasharotlar bor" (VIDEO)

"Chiroqchidagi tug‘ruqxonada hasharotlar bor" (VIDEO)

"Telegram"dagi "Otabek Artikov" kanalida e’lon qilingan videoda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limida hasharotlar borligi aks etgan.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

"Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi xodimlari bilan mazkur bo‘lim xonalarida hasharotlarni bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Xususan, palatalarga hamda bo‘lim zallariga bemorlar hamda ularning farzandlari uchun umuman xavfsiz hisoblangan, hasharotlarni yo‘qotish uchun mo‘ljallangan elektr moslamalari o‘rnatildi. Bemorlarning bo‘limdagi oshxonaga chiqib ovqatlanish tartibi nazoratga olindi.

Bo‘limda sanitariya ahvoli bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo choralari belgilandi.

Sovuq mavsum yakunlanganidan keyin bo‘limlarda belgilangan tartibda keng ko‘lamdagi dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirildi", deyiladi ma’lumotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!