Chiroq o‘chyapti: Energetika vazirining Shavkat Mirziyoyevga bergan va’dasi nima bo‘ldi?

Chiroq o‘chyapti: Energetika vazirining Shavkat Mirziyoyevga bergan va’dasi nima bo‘ldi?

Joriy yilning 24 mart kuni Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha o‘tkazgan selektor yig‘ilishi davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti muammosini ko‘targandi.

O‘shanda Energetika vaziri Alisher Sultonov o‘z hisoboti davomida oxirgi yillar davomida elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligini ta’kidlab:
"Hisob-kitobimizga ko‘ra ayni vaqtga qadar bajarilgan ishlar yozda ham, qishda ham to‘liq talabni ta’minlab beradi", deya aytib o‘tgandi.

Ammo ayni damda ko‘rinib turibdiki, nafaqat viloyatlarda, balki Toshkentda ham tez-tez elektr toki uzilishlari ro‘y bermoqda. Bu shuni anglatadiki:

ayni vaqtga qadar bajarilgan ishlar yozda ham, qishda ham to‘liq talabni ta’minlab bera olmaydi.

O‘sha selektorda Energetika vaziri joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bo‘yicha muammo bo‘lmasligini va’da qilgandi. Ko‘ramiz kuz va qish faslida vaziyat qanday bo‘larkin?

P/S. To‘g‘ri, yuqoridagi fikrlarga nisbatan Energetika vazirining, vazirlikning asosli izohi bo‘lishi mumkin, ammo gap shundaki, Prezidentga va’da berishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerak. Shunchaki ochko yig‘ish uchun balandparvoz va’dalar berish va oxirida uni bajara olmaslik xalqning amaldorlarga va albatta davlatga ishonchi so‘nishiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!