Chirchiq shahri va Buxoro viloyatida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Chirchiq shahri va Buxoro viloyatida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.ni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Buxoro davlat universiteti talabasi YU.SH. fuqaro B.ning qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini o‘zi ta’lim olayotgan universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga ko‘chirtirib berish evaziga 22 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 5 mln so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!