Chirchiq daryosining Quyichirchiq hududidan oqib o‘tuvchi qismida tibbiyot chiqindilari to‘planib qolgani rost

Chirchiq daryosining Quyichirchiq hududidan oqib o‘tuvchi qismida tibbiyot chiqindilari to‘planib qolgani rost

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosining Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida tibbiyot chiqindilari to‘planib qolganligi haqida postlar tarqalgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Quyichirchiq tuman inspeksiyasi hamda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari hamkorligida holat joyiga chiqib o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida murojaat o‘z tasdig‘ini topdi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan noxush holat bartaraf etildi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!