“Chinoz kimyo ta’minot” MCHJ sobiq rahbari va boshqalar 158,8 tonna ammiakli selitrani talon-toroj qilishdi

“Chinoz kimyo ta’minot” MCHJ sobiq rahbari va boshqalar 158,8 tonna ammiakli selitrani talon-toroj qilishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklarining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chinoz kimyo ta’minot” MCHJ sobiq rahbari X.K. va ekspeditori I.R.lar oldindan til biriktirib, moddiy javobgarligiga berilgan umumiy qiymati 341,8 mln so‘mlik 158,8 tonna ammiakli selitrani, go‘yoki 11 ta fermer xo‘jaliklariga tarqatilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, aslida boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.K. va I.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!