Chingizxon kim bo‘lgan? Yoxud uni ulug‘lashdan kimlar manfaatdor?

A A A
Chingizxon kim bo‘lgan? Yoxud uni ulug‘lashdan kimlar manfaatdor?

Tarixning axlat qutisi bo‘lmaydi, deyishadi. Biroq, har bir tuzum tarixni o‘ziga moslashtirib yozadi. Bu tarixiy haqiqat. Shu paytga qadar bizning ham tariximiz, tarixiy shaxslarimizga turlicha yondashuvlar, turli “burchaklar” ostidan qarab kelindi. Bugun ham tariximizni ayrim mavhum sahifalariga “tuzatishlar” kiritilmoqda. Bu albatta yaxshi. Ammo...

Qon changallab tug‘ilgan go‘dak

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Chingizxonning kelib chiqishi bilan bog‘liq ayrim bahslarga guvoh bo‘lib qoldim va beixtiyor bu mubohasalarga qo‘shilib o‘z fikrimni aytgan bo‘ldim. To‘g‘ri, men tarixchi emasman. Lekin xalqimiz tarixiga chandon qiziqaman, tarixiy asarlarni ko‘p mutolaa qilaman, har qalay shu yurt tarixi xususida fikr bildirishga bahslashishga haqqim bor deb hisoblayman.

Bahsga kirishganlarning aksariyati “Chingizxon bo‘lmaganda o‘zbek xalqi ham bo‘lmasdi”, “Chingizxon – bizning ajdodimiz” singari fikrlarni ilgari surishmoqda. Avvalo har bir fikr hurmatga loyiq. Kimnidir fikri yo qarashlari uchun tahqir yo ta’qib etadigan zamonda yashamayapmiz. Ammo, fikrlar yetarli asosga ega bo‘lmasa, unga qarshi chiqish, mavjud dalillarni ro‘kach qilish mumkin-ku?

Keling. Chingizxon kimligini, uning dunyo xalqlari boshiga qanchalik kulfatlar solgani kundek ravshan bo‘lsa-da, tarixga ozgina ko‘z tashlab o‘taylik. Qator manbalarga tayanadigan bo‘lsak, Chingizxon txminan 1155-1167 yillar oralig‘ida, bugungi Rossiya va Mo‘g‘uliston chegarasidagi Delyun-Boldok vodiysida, Onon daryosi bo‘yidagi bir ovulda tug‘ilgan. Uning asli ismi Temuchin bo‘lib, otasi Yesugay mo‘g‘ullarning borjigin, onasi Oelun esa olxonut urug‘iga mansub edi. Onasining qornidan qon changallab tushgani uchun o‘sha paytda uning dong‘i ketgan jahongir bo‘lishi bashorat qilingan ekan.

Sharqdan kelgan “balo”

Dastlab mo‘g‘ullar qurultoyida xon deb e’lon qilingan Chingizxon avvali o‘sha hududdagi mo‘g‘ul qabilalarini birlashtirishga kirishadi. Keyinchalik uning tasarrufidagi hududlar kengayib, ko‘plab turkiy qabilalarni ham o‘ziga bo‘ysundiradi.

1213 yilda Xitoyning Szin imperiyasini o‘ziga bo‘ysundirib, juda katta hududni qo‘lga kiritgan Chingizxon e’tiborini g‘arbga qaratadi. Bu paytda Xorazmshohlar davlati sharqdagi qudratli davlatlardan biriga aylangandi. Dastlab Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona ko‘rinsa-da, 1219 yil bahorida chegara shahar O‘tror hokimi tomonidan Chingizxonga qarashli savdo karvoni talanib, unda odamlarning o‘ldirilishi diplomatik munosabatlarni izdan chiqardi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga binoan aybdorni yuborish o‘rniga uning elchisini behurmat qilib jo‘natdi. Bu esa, Chingizxon uchun Xorazmshohga qarshi urush ochishda jiddiy sabab bo‘ldi.

Bu bosqin xalqimiz boshiga qanday kunlarni solgani tarixiy va ilmiy manbalarda, adabiy asarlarda, filmlarda juda ko‘p bor ko‘rsatilgan.

Mamlakat tarixida biror bosqinchi ona zaminimizni Chingizxonchalik qonga botirmadi. Otamalik Juvayniy, Fazlulloh Rashididdin, Nasaviy, Mirxond, Mirzo Ulug‘bek, Abulg‘oziy Bahodurxon singari mualliflar bu bosqinning dahshatlarini o‘z asarlarida aks ettirganlar.

Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan vahshiyliklar

Mana ma’lumotlarga e’tiborr bering: Samarqandda har uch kishidan ikkitasini o‘ldirib, shaharni suvga bostirishdi. Masjidlarimizni otxonaga aylantirishdi. Buxoroda ayollarni o‘z mahramlarning ko‘z o‘ngida xo‘rlab, keyin o‘ldirishgan. Urganch aholisini 50 mingdan ortiq mo‘g‘ul askarlaridan har biriga o‘ldirish uchun 24 kishidan taqsimlab berishgan.

Marvda 1 mln 400 ming kishini qatl etishgan va o‘liklar 14 kun davomida yig‘ib olingan.

Termizda bir ayol "meni o‘ldirmanglar, bir qimmatbaho gavharni yutib yuboruvdim, shuni chiqarib beraman" degani uchun mo‘g‘ul askarlari hamma xotinlarning qornini yorib gavhar qidirishgan ekan.

Mo‘g‘ul bosqinchilari tarixda misli ko‘rilmagan vahshiyliklarni, xunrezliklarni amalga oshirdilar. Ular nainki raqib askarlari yoki qurol ko‘tarishga qodir bo‘lgan erkaklar, balki bosib olingan hududlardagi keksalar, ayollar, bolalar, bemorlarni ham ham ayamay qatl etishdi. Qatl va qiynoqlarning ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan usullarini “ixtiro” qilishdi.

Er aholisining 11 foizi qirilib ketgan

O‘zgan, Xo‘jand, Kesh, Farg‘ona singari qanchadan-qancha shaharlar yer bilan yakson qilingan. Najmiddin Kubro, Fariduddin Attordek allomalarni qiymalashdi, Ajdodlarimiz yaratgan qancha-qancha yozma yodgorliklar, me’moriy obidalar yer bilan yakson qilindi.

Chingizxon va uning avlodlari nainki Movarounnahr va Xuroson, balki Osiyo va Yevropadagi o‘nlab davlatlar hududini, boshqacha aytganda quruqlikning beshdan bir qismini ishg‘ol etdi. Uning imperiyasi Tinch okeanidan to Markaziy Yevropaga qadar bo‘lgan ulkan hududni qamrab oldi. Mo‘g‘ul qo‘shinlari qilichdan o‘tkazgan insonlarning umumiy soni 40 million kishidan oshadi. Bu esa, o‘sha paytdagi Yer shari aholisining 11 foizidan ko‘proqni tashkil etardi.

Chingizxon bosqini sayyoramizdagi mamlakatlar, xalqlar va elatlar tarixini, millionlab insonlar taqdirini, hatto sayyoramiz iqlimini ham o‘zgartirib yubordi (ma’lumotlarga ko‘ra, Yer yuzida karbonat-angidrid gazi ajralishining kamayishi oqibatida harorat pasayib ketgan). Minglab shaharlar vayronaga aylanib,o‘n yillar davomida kimsasiz huvillab yotdi. Ularning qayta tiklanishi uchun yuz yillar kerak bo‘ldi. Ayrimlari esa umuman tarix sahifalaridan o‘chib ketdi.

Chingizxon 1227 yili Tang‘ut davlatiga qarshi kurash asnosida vafot etadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Chingizxonni undan qasos olish fursatini kutayotgan kichik xotini o‘ldiradi. Vasiyatiga ko‘ra, Chingizxonni hech kim bilmaydigan joyga, daryoning o‘zaniga ko‘mishadi. Uning qabriga Chingizxonning jasadi bilan birga birga ko‘plab xizmatkorlar, kanizaklar, juda katta xazinalar ham dafn etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Chingizxon umrimni bosqinchilikka, zulmga bag‘ishladi. Imkon qadar o‘z sarhadlarimni kegaytirishga urindi. Tog‘-tog‘ oltinu kumushlar, hisobsiz o‘ljalar to‘pladi. Uning o‘limidan so‘ng, avlodlari qonli yurishlarini davom ettirishdi.

Buyuklik va shafqatsizlik timsoli

Bugungi kunga kelib, Chingizxon shaxsiga qarashlar turlicha tus olgan. Masalan uning vatani Mo‘g‘ulistonda Chingizxon butun xalqning chin ma’nodagi faxru iftixoriga aydlangan. Udan-Bator xalqaro aeroporti, yirik mehmonxonalar, restoranlar, ko‘chalar, maydonlar, davlat mukofotlari Chingizxon nomi bilan ataladi. Mo‘g‘uliston pul birligida “ulug‘ xon” tasvirini uchratasiz.

Mamlakatning Bogdo-uul tog‘ida Chingizxonning bahaybat surati chizilgan. Poytaxt Ulan-bator shahrida, parlament maydonida Chingizxonning taxtda o‘tirgan haykali o‘rnatilgan. U tug‘ilgan Delyun-Boldok vodiysida ham ulkan yodgorlik o‘rnatilgan. Poytaxtdan 54 kilometr masofada Tuul daryosi bo‘yida Chingizxonning ot ustidagi 40 metrlik haykali o‘rin olgan.

Albatta, mo‘g‘ullarning bunga haqqi bor. Chunki, bu xalq aynan Chingizxon tufayli dunyoga tanildi. Chingizxon o‘nlab mo‘g‘ul qabilalarini birlashtirib, markazlashgan davlat barpo etdi. Har qalay o‘z xalqi uchun katta ishlarni amalga oshirgandir. Ammo, bularning bari boshqa xalqlarni qon qaqshatish, obod yurtlarni vayron etish evaziga yuz berdi.

Har kimniki o‘ziga!

Yaqin-yaqinlarda ayrim qozoq va qirg‘iz olimlari Chingizxonni ulug‘lashga, uni o‘z ajdodlari sifatida ko‘rsatishga intilgani jiddiy tanqidga uchragandi. Ikki qardosh xalqning atoqli adiblari Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov “Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori” kitobida bunday qarashlarni keskin qoralagan, ushbu mo‘g‘ul xonini bosqinchi va zolim hukmdor sifatida baholashgan.

Bugun ayrim o‘zbek ziyolilari ham shu ishga bosh qo‘shayotgani, Chingizxonning o‘zbek xalqining shakllanishiga katta hissa qo‘shgani, eng achinarlisi, Chingizxon bizning ajdodimiz ekanini isbotlashga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

To‘g‘ri, mo‘g‘ullar bosqini Markaziy osiyoning ko‘plab xalqlari, jumladan o‘zbeklarning ham etnogeneziga sezilarli ta’sir o‘tkazgan. Shundan kelib chiqib, butun bir xalqning Chingizxonning avlodidan bo‘lgan Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon (1312-1342)ga borib taqamoqchi bo‘lganlar ham ko‘p. Ammo, tarixiy manbalar o‘zbek nomi ushbu hukmdordan avval ham mavjud bo‘lgani, xususan qipchoqlardan bo‘lgan Otabeklar davlati asoschisi Shamsiddin Eldengiz (1137-1174) o‘z nabirasiga O‘zbek deb ism qo‘ygani tarixdan ma’lum. Qolaversa, mo‘g‘ullar bizning vatanimizdan minglab chaqirim olisdan yashagani, ular kirib kelguncha yurtimiz hududida ming yillardan beri turkiy xalqlar yashab kelgani ham isbot talab qilmaydigan haqiqat. Mo‘g‘ullarning olis ajdodlari turkiylarga yaqin ekani aytilsa-da, mo‘g‘ul tili sanoqli so‘zlarni hisobga olmaganda, biz bilgan turkiy tillarning birortasiga o‘xshamaydi.

Shunday ekan, bugungi kunda, xalqimiz o‘z tarixi, o‘zligi, buyuk allomalari, sarkardalarini tanib ulgurgan bir paytda yetti yot begona, buning ustiga insoniyat tarixidagi eng zolim, shafqatsiz hukmdorlardan birini “o‘zbeklashtirish” to‘g‘rimikin? Umuman dunyo ahli bugun zulmdan, terrordan, adolatsizlikdlan xunrezlik bezib, bong urayotgan bir paytda, biz Chingizxondek bedodlik timsolini ulug‘lashimiz qanchalik mantiqqa yaqin?

Albatta, bu mavzuda tarixchilarimiz o‘z mulohazalarni bildiradilar degan umiddamiz.

Rustam JABBOROV

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim агентлиги хабарига кўра, Эроннинг Лористон вилоятида Американинг портламай қолган GBU-39 SDB бомбаси шикастланмаган ҳолда мамлакат қуролли кучлари ихтиёрига ўтган.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh fonida Saudiya Arabistonidagi asosiy neft quvuriga hujum qilindi — Financial Times

"Зарба Ҳўрмуз бўғозини айланиб ўтувчи асосий нефт экспорти йўналишига айланган “Шарқ-Ғарб” қувуридаги насос станциясига берилди", дея хабар бермоқда нашр.

Eron hukumati sulhdan bosh tortadi, agar...

Эрон ҳукумати агар Исроил армияси Ливандаги нишонларга ҳужум қилишда давом этса, Қўшма Штатлар ва Исроил билан икки ҳафталик сулҳга содиқ қолиш мажбуриятини бажаришдан бош тортади.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.