Chikagoda «Midway Blitz». Shahar Milliy gvardiya kiritilishiga tayyorlanmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi vaqtlarda Chikagoda harbiy operasiya o‘tkazish bilan bir necha bor tahdid qilgan edi. Endi u amalda harakatga o‘tdi — «Midway Blitz» nomli operasiya boshlandi.
Oq uy bayonotiga ko‘ra, operasiya «Chikagoda to‘plangan noqonuniy chet ellik jinoyatchilar»ga qarshi qaratilgan. Aniq qanday choralar ko‘rilishi hozircha ma’lum emas. Ilgari Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday post joylashtirgan edi:
«Deportasiyalar hidini ertalab his qilishni yaxshi ko‘raman»,
— deya yaqindagi antimigrant reydlarga ishora qilgan. Shuningdek, u qo‘shimcha qilgan:
«Chikago yaqin orada Nima uchun mudofaa vazirligi "Urush vazirligi" deb qayta nomlanganini bilib oladi».
Minglab odamlar Chikago daryosining yonida joylashgan Trump Tower oldida namoyishga chiqishdi. Bir vaqtning o‘zida shahar hukumat va jamoat tashkilotlari bo‘lajak oqibatlarga tayyorlanmoqda:
🔹 Shahar meri Brendon Jonson (Demokratik partiya) polisiyaga federal askarlar yoki ICE agentlari (immigrasiya xizmati) bilan hamkorlik qilishni qat’iyan taqiqladi. U shuningdek polisiya xodimlariga forma kiyish va yuzini oshkora qilish majburiyatini yuklab, ularni federal kuchlardan farq qilishni osonlashtirdi.
🔹 Meksika diasporasi, reydlardan qo‘rqib, 16 sentyabr – Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bir nechta tadbirlarni bekor qildi. Jumladan, o‘tgan yili 24 000 kishi to‘plangan mashhur "El Grito Chicago" ham bekor qilindi. Tashkilotchilarning saytida qayd etilishicha, bu og‘ir qaror bo‘lgan, ammo jamoat xavfsizligi tahdid ostida qolgan.
🔹 Cherkovlar, jumladan Lincoln United Methodist Church, ibodatlarni onlayn tarzda o‘tkazishini e’lon qildi. Hamda ICE agentlari kutilmagan vizitlari uchun migrantlarning huquqlari haqidagi kartochkalar va flayerlar tarqatmoqda.
🔹 Chikago maktab okrugi Milliy gvardiyaning ehtimoliy ishtirokiga tayyor ekanini bildirdi. Maktablar hali ham xavfsiz hudud sifatida qolishi ta’kidlandi. Oilalar o‘z immigrasiya maqomini ochiqlamasligi mumkin, ICE esa maktab hujjatlariga kirish huquqiga ega bo‘lmaydi.
