Chexiya O‘zbekistonda tramvaylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Chexiya O‘zbekistonda tramvaylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Samarqandga Chexiyaning bosh direktor Vladimir Faltesik boshchiligidagi «Pragoimpeks» kompaniyasi delegasiyasi keldi. Delegasiyaga mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro hamrohlik qildi, deya xabar beradi «Nuz.uz».

Mehmonlar «Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish direksiyasi» davlat korxonasi rahbari Fayzullo Murtazoyev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida 42 ta yangi tramvay xarid qilish, Chexiyadagi tramvay zavodi bazasi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, chex mutaxassislari yordamida markaziy dispetcherlik punkti yaratiladi, bekatlar esa yo‘lovchilarga tramvaylar harakatlanishi jadvali haqida ma’lumot beradigan monitorlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, yaqin orada yo‘lovchilarga bepul Wi-Fi’dan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!