Chexiya Ukrainaga yana bir harbiy yordam paketini ma’qulladi - lekin unda nimalar borligini qayd etilmagan

Chexiya Ukrainaga yana bir harbiy yordam paketini ma’qulladi - lekin unda nimalar borligini qayd etilmagan

Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova chorshanba kuni Chexiya hukumati Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ma’qullaganini ma’lum qildi. Chernoxovaning so‘zlariga ko‘ra, paketga og‘ir texnikalar kiradi, ammo qaysilari ekanligi sirligicha qoladi.

Mudofaa vazirining aytishicha, Ukraina bu sirni so‘ramoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlar va videolar, shuningdek, Ukraina va uning ittifoqchilarining bayonotlariga qaraganda, Chexiya Respublikasidan urushayotgan mamlakatga boshqa narsalar qatorida tanklar, vertolyotlar, qurollar va raketalar ham kelgan, deb taxmin qilish mumkin", - deb yozadi Česki Noviny.

Yana Chernoxova chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Chexiyaning Ukrainaga bu yilgi harbiy eksportining umumiy hajmi 47 milliard kronga(1,9 milliard AQSh dollari) yetganini, ukrainaliklarga tekin harbiy yordam hajmi esa allaqachon 4,2 milliard Chexiya kronini tashkil etganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!