Chet elda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarga ham endi iste’mol krediti beriladi
Bugungi kunda moliyaviy iste’mol kreditlari uchun talab ortib bormoqda, biroq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (xizmatlar)ga moliyaviy iste’mol krediti ajratilishi amaldagi Qonun bilan cheklangan edi. Ya’ni iste’mol krediti O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) olish uchun berilardi.
Ta’kidlash joizki, 2006 yilda qonun qabul qilingan vaqtda ushbu norma mamlakat bozorida tovar va xizmatlar tanqisligi tufayli zarur edi.
Endi esa Qonun bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar va xizmatlar uchun ham iste’mol krediti ajratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.
“Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QONUN qabul qilindi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi Davlat byudjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Aksincha:
➖ moliyaviy iste’mol krediti berish tartibini takomillashtirish va soddalashtirishga;
➖ iste’molchi-fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
