Camarqand xalqaro aeroportida 172 grammdan ortiq zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Camarqand xalqaro aeroportida 172 grammdan ortiq zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Camarqand xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Xususan, “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishi bilan kelgan yo‘lovchi N.D.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Uning qo‘l va yuk sumkalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar tomonidan bojsiz olib o‘tish me’yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 46 million so‘mga teng bo‘lgan 123,3 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishi bilan Turkiyadan kelgan yo‘lovchi A.D.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan 20 million so‘mlik 48,96 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!