Buyuk Britaniyada soliqlarning keng miqyosda oshirilishi e’lon qilindi

Buyuk Britaniyada soliqlarning keng miqyosda oshirilishi e’lon qilindi

Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi va inflyasiyaning tezlashishi fonida Buyuk Britaniya moliya vaziri Djeremi Xant soliqlarni keng ko‘lamda oshirish va davlat xarajatlarini qisqartirish rejasini taqdim etdi.

«Umuman olganda, joriy yilda iqtisodiy o‘sish 4,2 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Shunda yalpi ichki mahsulot 2023 yilda 1,4 foizga qisqaradi, keyingi uch yilda esa 1,3, 2,6 va 2,7 foizga o‘sadi», - dedi Djeremi Xant parlamentda inqirozdan chiqish rejasini taqdim etganda.

Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada joriy yilda inflyasiya 9,1 foizni tashkil etadi va 2023 yilda 7,4 foizgacha pasayadi. Narxlarning oshishiga asosiy omillar energiya tariflarining oshishi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi bo‘ldi.

Taqdim etilgan chora-tadbirlar, boshqa narsalar qatori, daromad solig‘i bo‘yicha eng yuqori 45% stavka uchun yillik ish haqi chegarasini hozirgi 150,000 dan 125,000 funt sterlingga tushirishni o‘z ichiga oladi.

Yana bir yangilik 2025 yilning aprelidan elektromobil egalariga transport soliqi joriy etiladi. Ilgari bu turdagi to‘lovni faqat ichki yonuv dvigatelli avtomobil egalari to‘lardi.

Energetika korxonalaridan olinadigan foyda yig‘imi 2028 yilning 1 yanvaridan martigacha amaldagi 25 foizdan 35 foizgacha oshiriladi, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarga esa 45 foizlik yangi vaqtinchalik soliq joriy etiladi.

Buyuk Britaniya g‘aznachiligi soliqlarning oshishi 2027-2028 yillarga qadar davlat g‘aznasini qo‘shimcha 25 milliard funt sterling bilan to‘ldirishini hisoblab chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!