Buyuk Britaniyada Ka’ba aks etgan oltin nishon zarb etildi​​​​​​​

Buyuk Britaniyada Ka’ba aks etgan oltin nishon zarb etildi​​​​​​​

Ramazon oyi arafasida chiqarilgan, Ka’ba relyefi aks etgan 20 grammlik to‘rtburchak oltin nishon Uels musulmonlari kengashi bilan maslahatlashgan holda, Buyuk Britaniyaning eng qadimiy Qirollik tanga zarbxonasi Royal Mint tomonidan yaratilgan.

Uels musulmonlari kengashi vakili Abdulazim Ahmad shunday dedi: “Royal Mint bilan hamkorlikda Ka’ba tasvirlangan bu maxsus oltin nishonni taqdim etish ajoyib ish bo‘ldi. Oltin kashtali qora mato – kisva bilan qoplangan Ka’ba aks ettirilgan ushbu nishon ming yillar davomida qimmatbaho metall bo‘lib kelgan oltindan zarb qilingan. Uning dizayni, shubhasiz, musulmon jamoatchiligi orasida mashhur bo‘ladi va Royal Mint mahoratini aks ettiradi. Bu nishon minglab musulmonlarga manzur bo‘ladi, deb umid qilaman.

Oltin nishon zarb etilishi munosabati bilan fevral oyida Royal Mint butun dunyo bo‘ylab falokatlar va favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatuvchi yetakchi musulmon xayriya tashkiloti - “Islamic relief” tomonidan Buyuk Britaniya bo‘ylab o‘tkazilgan uchta tadbirda qatnashdi.

Manchester, London va Glazgoda o‘tkazilgan ushbu xayriya tadbirlarida o‘tgan oyda sodir bo‘lgan halokatli zilzilalar ortidan Turkiya va Suriya uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan edi.

Tadbirlarda Qirollik zarbxonasi hadya qilgan Ka’ba oltin nishonlaridan biri kim oshdi savdosiga qo‘yilib, 10 000 dollardan ko‘proq pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi.

Hozircha bu oltin nishonni 1156 funt sterlingga (1393 dollar) sotib olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!