Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya davlat xizmatchilariga TikTokdan foydalanishni taqiqladi

Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya davlat xizmatchilariga TikTokdan foydalanishni taqiqladi

Britaniyada xavfsizlik nuqtai nazaridan hukumat a’zolariga ish telefonlarida TikTok ilovasidan foydalanish taqiqlandi, deya xabar beradi BBC agentligi.

Britaniya hukumati Xitoy hukumati telefonda saqlangan shaxsiy ma’lumotlarga kirishi mumkinligidan xavotirda.

TikTok Xitoy hukumatiga ma’lumotlarni topshirayotgani haqidagi da’volarni rad etdi.

Kompaniyaning Yevropadagi vise-prezidenti Teo Bertramning fikricha, bu qaror geosiyosatga bog‘liq.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya ham shu oy oxiridan boshlab mahalliy parlament a’zolariga TikTokdan foydalanishni taqiqlaydi.

«Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarimiz maslahati bilan parlament a’zolari va xodimlariga TikTok ilovasi parlament tarmog‘iga ulangan barcha qurilmalardan o‘chirib qo‘yilishi haqida ma’lumot berildi», - dedi Yangi Zelandiya parlament xizmatlari ijrochi direktori Gonsales-Montero.

Unda aytilishicha, ushbu ilovadan «demokratik burchlarini bajarish uchun» foydalanadiganlarga ruxsat berilishi mumkin.

AQSh va Kanadada kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli davlat xizmatchilariga ilovadan o‘z telefonlari va gadjetlari orqali foydalanish taqiqlangan. So‘nggi yillarda dunyoda ilovadan foydalanuvchilar soni keskin oshdi, u butun dunyo bo‘ylab 3,5 milliard marta yuklab olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!