Buyuk Britaniya rekord darajadagi muhojirlar oqimidan so‘ng viza qoidalarini kuchaytirdi

Buyuk Britaniya rekord darajadagi muhojirlar oqimidan so‘ng viza qoidalarini kuchaytirdi

Rasmiy statistika hisobotiga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida xorijlik talabalarining qarindoshlariga deyarli 136 mingta viza berilgan, bu 2019-yilga nisbatan to‘qqiz barobar ko‘p, natijalari ikki kundan keyin e’lon qilinadi. Joriy yil boshidan esa 700 ming kishi qonuniy asosda mamlakatga kirib kelgan.

Rishi Sunak vazirlar mahkamasi majlisida aytganidek, yangi chora-tadbirlar mamlakatga immigrantlar oqimini kamaytirishga qaratilgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, o‘qishi ilmiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan aspirantlarning hamkorlari va farzandlari aspirant o‘qish kursini tugatmaguncha Buyuk Britaniyada yashashga ruxsat beruvchi vizaga murojaat qila olmaydi.

Ichki ishlar vaziri Suella Braverman ta’kidlaganidek, bunday qaramog‘idagilarga beriladigan vizalar soni shunchalik ko‘paydiki, "immigrasiya darajasini pasaytirish uchun bu oqimni to‘xtatish vaqti keldi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!