Buyuk Britaniya bosh vaziri Trass va qirol Charlz III kelisha olmay qoldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Trass va qirol Charlz III kelisha olmay qoldi

Britaniya bosh vaziri Liz Trass va qirol Charlz III o‘rtasida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP27 konferensiyasiga tashrifi chog‘ida kelishmovchiliklar yuzaga keldi, deb yozadi The Times.

Nashrning yozishicha, Britaniya monarxi Trassning talabiga ko‘ra tadbirda qatnashishdan bosh tortgan.

“U Misrda bo‘lib o‘tadigan jahon yetakchilarining yig‘ilishida nutq so‘zlashni rejalashtirgan edi. Sharm-ash-Shayxdagi sammitga borishi dargumon Trass qirolning rejalariga qarshi chiqdi”, deb yozadi “RIA Novosti”.

Taxminlarga ko‘ra, bu qaror hukumat va jonkuyar ekolog bo‘lgan qirol o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!