Buyrak uchun eng zararli besh mahsulot

Buyrak uchun eng zararli besh mahsulot

Shifokorlar buyraklar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi

Salomatlikni asrash uchun kunlik rasionga e’tiborli bo‘lish juda zarur. Bu holatda rasiondan bir qancha mahsulotlarni chiqarib tashlash ham kerak, deydi shifokorlar.

Birinchidan, buyrak salomatligi uchun tuzni kamroq iste’mol qilish kerak. Uni foydali ziravorlarga almashtirgan ma’qul.

Shuningdek, sut ham faqat me’yorda iste’mol qilinsagina foydali. Mahsulot tarkibidagi fosfor buyraklarga jiddiy ta’sir qiladi.

Banan va apelsin kaliyga boy. Agar bu mikroelementlar ham ko‘payib ketsa, buyrakka ta’sir qilmay qolmaydi.

Shuningdek, qizil go‘sht. Hayvon oqsillarining hazm bo‘lishi qiyin. Shuning uchun buyraklar ular uchun ko‘p energiya sarflaydi. Qizil go‘shtni me’yordan ko‘p iste’mol qilish dializ (buyrak kasalliklari)ga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!