Buxoroga hovuzga cho‘kkan bolani milliy gvardiya xodimi 40 soniya ichida qutqarib qoldi (video)

Buxoroga hovuzga cho‘kkan bolani milliy gvardiya xodimi 40 soniya ichida qutqarib qoldi (video)

Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik masjidiga hamda markaziga qarashli “Bibi Orifa” masjidini ziyorat qilishga tashrif buyurgan andijonlik oilaning 8 yoshli farzandi ota-ona qarovisiz qoldirilgani oqibatida masjid hovlisida joylashgan hovuzga tushib ketadi.

Cho‘kishiga oz qolgan bir vaqtda, shu kuni xizmatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi D.Xo‘jayev zudlik bilan, aniqroq qilib aytganda 40 soniya ichida bolani qutqarib qoldi.

Bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!