Buxoroda so‘nggi abituriyent hujjat topshirib, tug‘ruqxonaga qaytib ketdi

Buxoroda so‘nggi abituriyent hujjat topshirib, tug‘ruqxonaga qaytib ketdi

15 iyul kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan ariza qabul qilish jarayoni yakuniga yetdi (muddat uzaytirilishi mumkin, deyishgandi — uzaytirishmadi). Xususan, Buxoro davlat universitetida eng so‘nggi abituriyent 15 iyul kuni soat 23:58 da ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘sha so‘nggi abituriyent yosh ona bo‘lgan. «Hujjat topshirish uchun tug‘ruqxonadan chiqib kelibdi, chaqalog‘i-yu qaynonasi bilan. Topshirib, yana tug‘ruqxonaga qaytib ketibdi. Qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishibdi qabuldagilar», deb yozadi @xushnudbek.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 23:00—24:00 oralig‘ida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida, Toshkent farmasevtika institutida, Andijon davlat universitetida (https://t.me/eduuz/1026) ham eng so‘nggi abituriyentlardan arizalar qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!