Buxoroda ikki qavatli bino qulashi sabablariga oydinlik kiritildi (video)

Buxoroda ikki qavatli bino qulashi sabablariga oydinlik kiritildi (video)

Avvalroq qator internet nashrlarida 2 avgust kuni Buxoroda ikki qavatli bino qulagani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Buxoro shahar IIBdan ma’lum qilinishicha, xususiy qurilish tashkiloti tomonidan savdo majmuasini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sabab qo‘shni ikki qavatli bino qulagan — fojiadan ikki kun avval chuqurligi 2,5 metr, o‘lchami 17 metrga 15 metr bo‘lgan kotlovan qazilgan bo‘lgan. Natijada bino oldida to‘xtab turgan Matiz va Tico avtomobillarining ichida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan. "Davr" informasion dasturi mudhish voqeaga oydinlik kiritdi. 

Buxoro viloyat qurilish nazorat inspeksiyasi mutaxassisi Jalol Hayitovning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga hujjatlarda ko‘zda tutilgan loyiha yechimlari bajarilmagani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, qulab tushgan binoga tutash ikkinchi yangi qurilishi rejalashtirilgan inshootning qurilishida qazilgan kotlovanning loyiha yechimida me’yoridan chetlashilganligi va qurilish texnikasi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganligi natijasida ushbu nohush holat yuz bergan. 

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!