Buxoroda «Damas» va yuk mashinasi to‘qnashdi

Buxoroda «Damas» va yuk mashinasi to‘qnashdi

Buxoroda «Damas» va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 30 mart kuni soat taxminan 13:30 larda Buxoro tumani «So‘fikorgar» mahallasi «Choruq» qishlog‘i hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-68 avtomobil yo‘lining 5-km.da yo‘lning chetgi qismi yo‘l marzasida to‘xtab turgan «XOVO» rusumli yuk transport vositasining orqasiga, «Damas» rusumli avtomashina kelib urilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan, faqat transport vositalariga shikast yetgan.

Tergovga qadar tekshiruvharakatlari davom ettirilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!