Buxoroda bog‘dorchilik shirkati yerini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoroda bog‘dorchilik shirkati yerini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqaro E.N. «Z.» bog‘dorchilik shirkatidan otasi va fuqaro F.ga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun ajratgan 20 sotix yer maydonini fuqaro U.ga sotmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, E.N. yerni 20 ming dollarga sotishga kelishib, vakolatli tanishlari orqali uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!