Buxoro shahrida 22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbir o‘tkazilgan. Unda Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug‘ilgan J.M. o‘ziga tanish bo‘lgan ikki nafar o‘smir yigitga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ularning har biridan 200 000 so‘mdan jami 400 000 so‘m pul olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.