Buxoro viloyatida xorijiy kompaniyaning biznes dasturiga a’zo qilishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.N. fuqarolar Z.SH. va L.D.ning ishonchiga kirib, ularni “N.M.” xorijiy kompaniyasining biznes dasturiga a’zo qilib, kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun jami 6 800 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)