Buvaydada 80 000 dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

Buvaydada 80 000 dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.S.” fermer xo‘jaligi rahbari F.M. “G‘.” MMTP hududidan bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ajratilgan sug‘oriladigan yer maydonining 0,75 gektarini fuqaro G.B.ga 80 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!