Bo‘stonliq tumanidan 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari va sobiq nazoratchi aniqlandi

Bo‘stonliq tumanidan 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari va sobiq nazoratchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.I.” MCHJ rahbari A.S., “S.S.” MCHJ QK sobiq texnik nazoratchisi Z.X. va boshqalar hududdagi 2 ta MFYda suv ta’minoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!