Bo‘larkan-ku! Nukusda tug‘ilgan uch egizakka Habibulla, Hamidulla va Halilulla deb ism qo‘yildi

Bo‘larkan-ku! Nukusda tug‘ilgan uch egizakka Habibulla, Hamidulla va Halilulla deb ism qo‘yildi

Telegram’dagi «Nasimov. Stolik s vidom na planetu» kanalining ma’lum qilishicha, Nukusda uch egizak dunyoga kelgan.

Ularga Habibulla, Hamidulla va Halilulla deb ism qo‘yilgani aytilmoqda.

«Chaqaloqlarga ota-onasi o‘zlari xohlagan ismni berishdi. Egizaklar hamda ularning onasiga sog‘liq tilaymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax va Xorazmda tug‘ilgan uch egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yilgan edi. Farg‘ona va Samarqandda dunyoga kelgan uch egizaklarga esa Shavkat, Miromon, Ziroatxon, Saidaxon ismlari qo‘yilgan. Egizaklarning otalariga Cobalt avtomobili sovg‘a sifati berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!