Bukrini go‘r tuzatar: Aguero o‘ziga yangi ma’shuqa topdi (foto)

Bukrini go‘r tuzatar: Aguero o‘ziga yangi ma’shuqa topdi (foto)

"Manchester Siti" hujumchisi Kun Aguero mavsumni ajoyib tarzda yakunlaganini shaxsiy hayotida o‘zgarish qilish bilan nishonlagan ko‘rinadi.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining yangi ma’shuqasi bilan tushgan suratlari tarqaldi. Aguero 22 yoshli model Sofiya Kalsetti bilan argentinalik qo‘shiqchi Tini Shtosselning tug‘ilgan kunida tanishishgan. "Infobae" manbasining yozishicha, o‘rtalaridagi munosabat shundan keyin mustahkamlangan. Ma’lumot uchun, Aguero so‘nggi paytlarda ana shunday "engil hayot"ga mukkasidan ketgan.

Sofiya — ijtimoiy tarmoqlarda juda faol, quyidagi suratlari orqali muxlislari va obunachilari uning chiroyiga yuqori baho berishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!