Bugun Sayfiddin Meliyev tavallud topgan kun

Bugun Sayfiddin Meliyev tavallud topgan kun

Professional teatr rejissyori, kinoaktyor Sayfiddin Meliyev hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Bir nechta teatrlarda postanovkachi rejissyor sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Turon Davlat harbiy teatrining direktori lavozimida ishlamoqda.

Ijodkor o‘zbek milliy kino san’atida “Quduq” (rej. M.Abduxoliqov), “Sehrli qalpoqcha” (rej. S.Karimov), “O‘yin” (rej. O. Yo‘ldoshev), “Tundan tonggacha” (rej. J.Ahmedov), “Aldangan ayol” (rej. H.Nasimov), “O‘tov” (A.Shahobiddinov), “Qabrdan qaytgan umr” (rej. Isamat Ergashev), “Qalbim o‘g‘risi” (rej. F.Soipov), “Mehmonxona” (rej. Akrom Isakov), “Xo‘ja Nasriddin” (rej. Skan Multi), “Qadamlar” (rej. Ozod Shams) filmlarda turli xarakterdagi rollarni ijro etgan.

Kinematografiya agentligi jamoasi Sayfiddin Meliyevni bugungi tavallud kuni bilan qutlab, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ijodiy shijoat va muvaffaqiyatlar tilaydi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!