Bugun Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi o‘ynaydi

Bugun Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi o‘ynaydi

Bugun Futzal Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi bahslari doirasida Kosta-Rika va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Uchrashuv 20:00da «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin bilan parallel ravishda Buxorodagi Universal majmuasida Paragvay va Niderlandlar o‘zaro uchrashadi. Paragvay Niderlandiyani yutsagina O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqa oladi.

Chiptalar sotuvini amalga oshirish maqsadida barcha mezbon shaharlarda maxsus kassalar ishga tushirilgan.

Shuningdek, musobaqa uchun chiptalarni maxsus futzal2024.uz rasmiy sayti orqali xarid qilish ham mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!