Bu muhim: Iftorlikda to‘g‘ri ovqatlanishning oltin qoidalari

🫘Ro‘zani 3 ta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an’anaviy va sog‘lom yo‘lidir.
Xurmo – odam tanasidagi ko‘plab a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa.
‼️Ro‘zani ochiboq birdaniga ko‘p suv ichib yubormaslik lozim. Bu salomatlik uchun xavfli hisoblangan suv intoksikasiyasiga olib kelishi mumkin.
🥕Taomnomaga sabzavotlar, donli mahsulotlarni kiritish kerak.
🥩Pechda yoki grilda pishirilgan yog‘siz go‘sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog‘lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin.
🍔Yog‘ va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilish kerak.
🍏Iftorlikdan so‘ng ko‘p shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga, suvga boy mavsumiy mevalar, jumladan, olma iste’mol qilish foydali.