Bu hafta O‘zbekistonda issiq bo‘ladimi? "O‘zgidromet" ma’lumot berdi

Bu hafta O‘zbekistonda issiq bo‘ladimi? "O‘zgidromet" ma’lumot berdi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonda kuchli issiq kutilmaydi.

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunning ikkinchi yarmida 34-37o gacha ko‘tariladi.

Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari va respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2 avgustda janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Hafta o‘rtasidan O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati biroz ko‘tariladi va kechalari 20-25o, kunduz kunlari 34-39o atrofida bo‘ladi.

1 avgustda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshkin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!