Brodveydagi kioskalar auksionga qo‘yildi

Brodveydagi kioskalar auksionga qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt markazidagi ko‘chma savdo do‘koncha(kioska)larini ijaraga olish uchun taklif etyapti. Kioskalar auksion orqali beriladi. Ijaraning boshlang‘ich narxi 8 mln. so‘m etib belgilangan. Bu haqda hokimlik o‘z telegram kanalida xabar berdi.

SH.Rashidov va Buyuk Turon ko‘chasidagi 7 ta kioska, Sayilgoh (Brodvey) ko‘chasidagi 40 ta kioska auksionga qo‘yilgan.

Auksion shu yil 4 iyul kuni soat 15:00da bo‘lib o‘tadi.

Ijara shartnomasi har bir kioska bo‘yicha 5 yil muddatga tuziladi. Shuningdek, savdo do‘konchalari ijarasi va ulardan foydalanish bo‘yicha har yillik uch tomonlama shartnoma ham imzolanadi.

Auksionda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2 iyul kuni soat 18:00da yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!