Britaniyaliklar Ukrainani qimmatbaho qurollarni isrof qilishda aybladi

Britaniya harbiy manbalari Ukraina Qurolli Kuchlarini G‘arbning qimmatbaho qurollarini behuda sarflashda ayblamoqda, deb xabar bermoqda Telegraph gazetasi.
Nashrda aytilishicha, "Britaniya harbiy manbalari Vladimir Zelenskiy armiyasini qimmatbaho qurol-yarog‘ va texnikalarni isrof qilishda ayblayapti."
"Ukraina qo‘shinlari G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurollarni sovet uslubidagi taktika bilan qo‘shib qo‘llayapti, bu esa NATOning katta miqdordagi qurollarini behuda sarflashga olib keladigan xatodir," deb yozadi nashr.
Gazeta manbasiga ko‘ra, ukrainaliklar "qurollardan to‘g‘ri foydalanish" videotasvirlarini taqdim etishi kerak edi, biroq olingan kadrlarda Ukraina Qurolli Kuchlari bir vaqtning o‘zida beshta yoki oltita NLAW tankka qarshi qurilmalaridan tartibsiz ravishda o‘t ochayotgani ko‘rinib qolgan.
"Har bir zalp 100 ming funt sterlingdan ortiq (125,2 ming dollardan ko‘proq) turadi," deb yozadi gazeta.