Britaniya qancha o‘zbekistonlikka «oltin viza» bergan?

Britaniya qancha o‘zbekistonlikka «oltin viza» bergan?

Buyuk Britaniya 2008-2020 yillarda 12 nafar o‘zbekistonlikka «oltin viza» bergan. Ularning kimligi, ism-shariflari noma’lum.

Britaniya «oltin viza»sining qadri shundaki, shaxs ma’lum summaga bir umr Britaniyada yashashi, biznes qilishi hamda farzandlari eng yaxshi Yevropa ta’limini olishini ta’minlashi berishi mumkin. «Oltin viza»ni olish uchun investor kamida 2 million funt sterlingga ega bo‘lishi kerak.

Bu davrda eng ko‘p «oltin viza»ni xitoyliklar, keyin rossiyaliklar olgan. Qo‘shnimiz Qozog‘iston ham birinchi o‘ntalikka kiradi (278 nafar).

Spotlight on Corruption tashkiloti hisobotida aytilishicha, Buyuk Britaniya hukumati “oltin viza” berish tizimini isloh qilish, oshkoralikka urg‘uni kuchaytirishi kerak. Chunki «oltin viza» olganlar orasida korrupsiya orqali boylik orttirganlar talaygina.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!