Britaniya Eronning Isroilga raketa hujumini qoraladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Eronning Isroilga raketa hujumini qoralab, tomonlarni yanada keskinlashuvdan qochishga chaqirdi.
“Men Eron rejimining ushbu o‘ta xavfli vaziyatni yanada kuchaytirib, begunoh isroilliklarga zarar yetkazish uchun mintaqani chegaraga yaqinlashtirishga qaratilgan harakatlarini to‘liq qoralayman. Mening bugungi xabarim Eronning ushbu hujumini qoralash va Isroilning xavfsizlik va o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini aniq tan olishdir", – dedi seshanba kuni kechqurun brifingda Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer.
Starmer barcha tomonlarni “mojaroning kuchayishidan” qochishga chaqirdi.
Starmer Britaniya Isroilga yordam berish uchun harbiy imkoniyatlaridan foydalanishga tayyormi yoki yo‘qmi, degan savolga izoh berishdan bosh tortdi va "ma’lumot o‘z vaqtida taqdim etilishini" aytdi.
O‘z navbatida, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ham Eronning Isroilga raketa hujumlarini qoralab, Eronning keyingi harakatlari mintaqadagi vaziyatni yomonlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Eronning Isroilga hujumini keskin qoralayman. Bugun men Eronni mintaqani yanada jar yoqasiga olib keladigan harakatlardan ogohlantirdim. Eskalasiya sikli hech kimga manfaatdor emas”, – deb yozdi Lemmi X mikroblogida.
Britaniyalik siyosatchilarning munosabati Eronning Isroil hududiga raketa hujumlari ortidan kuzatildi.
Britaniya matbuotiga ko‘ra, Isroilning markaziy va janubidagi shaharlarga kamida 180 ta raketa uchirilgan.