Bozorlarda kartoshka 6500 so‘mdan sotilayotgani rostmi?

Bozorlarda kartoshka 6500 so‘mdan sotilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan Shahrixondagi bozor va do‘konlarda kartoshka narxi 6500 so‘mga chiqib ketganligi to‘g‘risida murojaat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

Shahrixon tumanida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida bozor va boshqa savdo do‘konlarida narx-navo barqarorligini ta’minlash, narxlarning sun’iy tarzda oshirilishining oldini olishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shahrixon tuman hokimligi, sektorlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilganligi aniqlandi.

Narxlar  bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tomonidan kundalik monitoring olib borilmoqda. Ayni paytda tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan “Makro” supermarketida kartoshkaning 1 kilogrammi 3500, dehqon bozorida esa 4000-4500 so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, dehqon bozori qoshida oziq-ovqat mahsulotlarini uyga eltib berish xizmati ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ko‘chma avtodo‘konlar har kuni mahallalarga borib, aholiga kundalik ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!