Bortida 26 ming tonna makkajo‘xori bo‘lgan Razoni kemasi Livanga yetib bormadi

Bortida 26 ming tonna makkajo‘xori bo‘lgan Razoni kemasi Livanga yetib bormadi



Serra-Leone bayrog‘i ostidagi “Razoni” (“Rasoni”) kemasi 1 avgust kuni bortida 26 ming tonna makkajo‘xori bilan Odessa portidan yo‘lga chiqdi. Yuk kemasi Livanga yakshanba kuni ertalab yetib kelishi kerak edi.

Livan jamoat ishlari va transport vazirining aytishicha, Livan shimolidagi Tripoli portida kutib turgan kema dastlab e’lon qilingan manzilga yetib bormasdan oldin yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Ali Hamiya kapitan Razoni yangi manzilni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni kutayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!