Borrel: Ukrainadagi holat global moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin

Borrel: Ukrainadagi holat global moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat global moliyaviy bo‘hron keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77-sessiyasi doirasidagi bir uchrashuvida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainadagi mojaroning oqibati bu davlat chegaralaridan ancha uzoqda”.

“Ukrainada vaziyat tang. Dunyoning qolgan qismi energetika va oziq-ovqati narxi ko‘tarilishi, o‘sib borayotgan ishonchsizlik va yuqori foiz stavkalaridan aziyat chekmoqda. Bunday vaziyatda yaqinlashib kelayotgan moliyaviy inqirozni “mukammal bo‘hron” atagan bo‘lardim”, dedi yevropalik siyosatchi,

Borrel bu mummaolar YEI sanksiyasi tufayli yuzaga kelganini ta’kidladi.

Diplomatning qayd etishicha, bu masalalar YEI tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokara kun tartibiga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!