Bolalarning hayot haqidagi 10 ta savoli. Kattalarning hammasi ham javob berolmaydi

A A A
Bolalarning hayot haqidagi 10 ta savoli. Kattalarning hammasi ham javob berolmaydi

Hammamiz maktabda o‘qiganmiz, ko‘pchiligimiz uni a’lo baholar bilan tamomlaganmiz. Biroq hatto sobiq a’lochilar ham ayrim sodda savollarga  javob berisholmaydi. Masalan, quyosh nurida nima uchun aksiramiz, nima uchun odam qo‘rqqanida titraydi yoki payvandlash vaqtida nurga qarash nima uchun zarar kabi.

Biz kattalarning hammasi ham javob topa olmaydigan 10 ta bolalarga xos oddiy va qiziqarli savollarni jamladik.

Yorug‘lik nuriga qaraganda nima uchun aksiramiz?

Bilasizmi, yorqin quyoshli kunda ko‘chaga chiqilganida odamlarning 18-35 foizi albatta aksiradi. Bunga birgina yaxshi o‘rganilmagan irsiy jihat sababchi. Kutilmaganda aksa urish fenomeni (yorug‘lik sabab aksa urish refleksi) yorug‘lik nuri ko‘zning nervini qo‘zg‘atib, aksirish uchun javob beradigan reseptorlarga ta’sir qilishidan yuzaga keladi. Gap shundaki, ko‘rish reseptorlari hid bilish reseptori bilan yonma-yon joylashgan. Ularning bari miyaga deyarli bir nuqtadan kiradi. Shu yo‘l bilan miya ko‘rish reaksiyasiga xuddi hid bilishdagidek munosabatda bo‘ladi. Ya’ni u organizmga begona modda tushdi deb hisoblaydi. Miya bu moddadan xalos bo‘lish uchun buyruq beradi va aksirish jarayonini yuzaga keltiradi.

Nima uchun payvandlash nuriga qarash zararli?

Hamma bolaligidan payvandlash vaqtida paydo bo‘ladigan nurga qarash ko‘zlar uchun zarar ekanini yaxshi biladi. Nima uchun bunday ekanidan esa ko‘pchilikning xabari yo‘q. Gap shundaki, elektr payvandlash ishlari vaqtida paydo bo‘lgan yorug‘likda ultrabinafsha nurlarining miqdori katta bo‘lib, u shilliq qavat, ko‘z qorachig‘i va to‘rpardasiga salbiy ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ultrabinafsha nurlari ko‘z qorachig‘ining kuyishiga olib keladi. Bu holatni kesilishlar ko‘rinishidagi payvandlash nuriga qaragandan bir necha soat o‘tgach kuzatish mumkin. Ko‘zlar ichiga qum tushgandek bo‘lishi, qizarish, ko‘zlarning yoshlanishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. To‘liq tuzalish uchun bir necha hafta talab etiladi. Shuning uchun maxsus niqobingiz bo‘lmasa, payvandlash nuriga qaramaslikni o‘tinib so‘raymiz.

Kim aqlliroq: kuchukmi yoki mushuk?

AQShdagi Vanderbilt universiteti olimlari kuchuklarning bosh miya qobig‘ida 530 millionga yaqin neyron borligi, mushuklarda esa bu ko‘rsatkich 250 millionga yaqinligini aniqlashgan. Aynan bosh miyaning qobig‘i fikrlash, rejalashtirish va murakkab xulq-atvor uchun javob beradi, deya qayd etishgan tadqiqotchilar. Miya qobig‘idagi neyronlar soni esa jonivorlar tomonidan o‘z tajribasiga tayanib xulosalar chiqarish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Shunday qilib, ishonch bilan aytish mumkinki, kuchuklar mushuklarga qaraganda 2 marta aqlliroq. Aytgancha, taqqoslash uchun: odam bosh miyasi qobig‘ida deyarli 16 milliard dona neyron bor.

Kim aqlliroq: kuchukmi yoki mushuk?

AQShdagi Vanderbilt universiteti olimlari kuchuklarning bosh miya qobig‘ida 530 millionga yaqin neyron borligi, mushuklarda esa bu ko‘rsatkich 250 millionga yaqinligini aniqlashgan. Aynan bosh miyaning qobig‘i fikrlash, rejalashtirish va murakkab xulq-atvor uchun javob beradi, deya qayd etishgan tadqiqotchilar. Miya qobig‘idagi neyronlar soni esa jonivorlar tomonidan o‘z tajribasiga tayanib xulosalar chiqarish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Shunday qilib, ishonch bilan aytish mumkinki, kuchuklar mushuklarga qaraganda 2 marta aqlliroq. Aytgancha, taqqoslash uchun: odam bosh miyasi qobig‘ida deyarli 16 milliard dona neyron bor.

Bir xil ko‘rinishdagi qor parchalari bo‘ladimi?

Bu savolning javobi bir xil ko‘rinishdagi qor parchalarini izlashda qanday yondashishga bog‘liq. Kaliforniya universiteti fizika fanlari professori Kennet Libbrextning ta’kidlashicha, agar qor parchalarining shakliga oddiy mikroskop orqali qaralsa, nazariy jihatdan ikkita bir xil qor parchalarini ko‘rish mumkin. Biroq ularni molekulyar darajada taqqoslansa, ikkita bir xil ko‘rinishdagisini topolmaymiz. Qorning ikkita kristali bir xil tuzilishga ega bo‘lish ehtimoli nolga teng.

Nima uchun qayin daraxtining oq po‘stlog‘ida qora chiziqlar bo‘ladi?

Qayin daraxti nima uchun oq rangda bo‘lishini XVIII asrda rus kimyogari Toviy Lovis tushuntirgan. U daraxt po‘stlog‘idan kristal organik moddani ajratishga muvaffaq bo‘lgan. Moddaga betulin nomi berilgan. Betulin qattiq yelim modda bo‘lib, u sababli po‘stloq suv va havo o‘tkazmaydigan, qattiq sovuqdan himoya qiladigan mustahkam tuzilishga ega. Biroq havo daraxtning tanasi uchun zarur bo‘lgani uchun qora chiziqlar yordamga keladi. Ularning tuzilishi biroz bo‘shroq, hujayralar orasidagi masofa kattaroq. Bu esa daraxtga nafas olishda qo‘l keladi.

Aytgancha, qayin daraxtining yuzdan ortiq turi mavjud. Hamma daraxtlarning tanasi ham qora chiziqli bo‘lmaydi. To‘qroq va hatto olcha rangdagi poyaga ega daraxtlar ham bor.

Nima uchun mushuklar bodringdan qo‘rqadi?

Bir necha yil avval internetda mushuklar bodring bilan qo‘rqitilayotgan roliklar mashhur bo‘lgandi. Eslatib o‘tamiz, roliklarda mushuklarning ovqatlanishi aks ettirilgan bo‘lib, o‘z egasi tomonidan qo‘yilgan bodringni ko‘rib, jonivorlar  qo‘rqqanidan sakrab tushgan. Biroq ma’lum bo‘lishicha, gap bodringda emas. Mushuklar ovqatlanish jarayonida maksimal darajada bo‘shashadi. Chunki odatiga ko‘ra, ovqat yeyish joyini xavfsiz sanaydi. Yangi shubhali predmet kutilmaganda paydo bo‘lganida mushukda tabiiy o‘z-o‘zini saqlash instinkti uyg‘onadi. Mushuk qo‘rqqanidan darhol sakrab yuboradi. Mushuklar banan, baqlajon va hatto ananasga ham xuddi shunday reaksiya qiladi.

Nima uchun qushlar pona ko‘rinishida uchadi?

Bari oddiy: parvozning bunday usuli samarali. Pona ko‘rinishida saflanish havo oqimining optimallashtirilishini ta’minlaydi va qushlar parvozga kamroq kuch va quvvat sarflaydi. Shu bilan birga bu usulda yo‘l ko‘rsatuvchini ko‘rish qulay. Qiziq, qushlar qanotlar harakatini ham sinxronlashtiradi. Qayd etish joizki, yirik qushlargina (turna, oqqush va g‘ozlar) pona bo‘lib uchadi. Maydaroqlari esa vazni kam bo‘lgani sabab parvoz vaqtida boshqa aerodinamik hodisalarga duch keladi. Pona bo‘lib uchish ular uchun befoyda. Bu qushlar tarqoq holda parvoz qiladi.

Yonarqo‘ng‘izlar qanday qilib yonadi?

Florida universiteti entomologiya va nematologiya kafedrasi dosenti Mark Branxamning tushuntirishiga ko‘ra, yonarqo‘ng‘izlar tanasining ichida kimyoviy reaksiyani amalga oshiradi. Bu esa ularga nur taratish imkonini beradi. Nur ishlab chiqishning bu usuli biolyuminessensiya deb ataladi. Yonarqo‘ng‘izlar nur chiqaradigan usul biolyuminessensiyaning eng taniqli misoli sanaladi. Kislorod kalsiy, adenozintrifosfat (ATF) va kimyoviy lyusiferin bilan birlashganida biolyuminessent fermentining yorug‘ligi hosil bo‘ladi. Aytgancha, qo‘ng‘iz kimyoviy reaksiyaning boshi va oxiri va shu yo‘l bilan yonish vaqtini ham  nazorat qila oladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu hashoratlar qarama-qarshi jins vakillarini jalb qilish uchun nur taratar ekan.

Odam qo‘rqqanida nima uchun titraydi?

Ottavadagi Karlton universiteti neyro ilm-fan bo‘limining neyrobiolog olimi Kim Xellemansning ta’kidlashicha, qo‘rqish vaqtida miya buyrak ustiga signal yuboradi. Ular qonga zo‘riqish gormoni – adrenalin va kortizon ajratadi. Bu gormonlarning vazifasi – organizmni ehtimoldagi jismoniy zo‘riqishga tezda tayyorlash (hujum, himoya yoki qochishga). Bu gormonlar sabab yurak urishi tezlashadi, ko‘z qorachig‘i kattalashadi, tunnelli ko‘rish yuzaga keladi, mushaklar shu darajada qizg‘in tus oladiki, jismoniy faollik (qochish, hujum) bo‘lmasa, tezda qisqarishni boshlaydi. Bu tashqi jihatdan titrash ko‘rinishida namo    yon bo‘ladi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Senator bloger Chechenkaga chora ko‘rishni so‘radi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Saida Mirziyoyevaga keng vakolatlar berildi

Президент Шавкат Мирзиёевнинг янги фармони эълон қилинди.

Rossiya futbolidagilar o‘zbek futbolining yuksalishini hazm qila olishmayapti

Владимир Пономарёв Аббосбек Файзуллаевнинг Туркияда муваффақият қозонишига шубҳа қилмоқда.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Арманистон Бош вазири Никол Пашинян Қорабоғ масаласида ўзининг сиёсий қарорини кеч қабул қилганини тан олди. Унинг таъкидлашича, мазкур қадамда кечикканлик минтақавий зиддиятларни чуқурлаштирди.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

TNT Sports "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi: Dembele kuchli uchlikdan chiqib ketdi

Машҳур TNT Sports портали июль ойи ўрталарида 2025 йилги "Олтин тўп" учун асосий даъвогарларнинг янги рейтингини эълон қилди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Isroil 25 davlatga qarshi chiqdi

Бу ҳақда Исроил ТИВ хабарида айтилган.

Rafinya futbolchilik faoliyatini yakunladi

Бу ҳақда футболчи Sportv канали эфирида маълум қилди.

Fayzullayevsiz SSKA RPL ilk turidayoq qoqildi

ЦСКА сафарда РПЛ 1-турида "Оренбург" билан дуранг ўйнади - 0:0.

Rossiya Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketiga javob qaytardi

Россияга қарши душманона ҳаракатлар Россия Федерацияси сиёсатига ҳеч қандай тарзда таъсир ўтказишга қодир эмас

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Tramp: Obama va demokratlar Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi haqidagi ishni soxtalashtirgan

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Texasdagi toshqindan so‘ng yo‘qolganlarning aksariyati topildi

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va kam ovqatlanishdan 18 kishi vafot etdi

Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлигининг маълум қилишича, муҳосарадаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат давомида очлик ва кам овқатланиш оқибатида 18 киши ҳалок бўлди.

Zelenskiy: Rossiyaning ommaviy hujumi natijasida Ukrainada 2 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, ўтган тун давомида Украина шаҳарлари ва аҳоли пунктларига 420 дан ортиқ дрон ва 20 тадан ортиқ ракета билан ҳужум қилинган. Ҳужумлар натижасида 2 киши ҳалок бўлган, 15 киши яраланган.

Es-Suveydada druzlar tomonidan majburan ko‘chirilgan beduin oilalari evakuasiya qilindi

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друзлар қўмондони Ҳикмат ал-Ҳижрига қарашли кучлар томонидан наслдан-насл яшаб келган уйларидан мажбуран чиқарилган бедуин араб оилаларининг бир қисми эвакуация қилинди.

Isroil askarlari G‘azoda oq bayroq ko‘targan tinch fuqarolarga o‘q uzganini tan oldi

Исроил армиясининг амалдаги ва собиқ ҳарбийлари The Wall Street Journal нашрига маълум қилишича, Исроил аскарлари Ғазо секторида гуманитар ёрдам тарқатиш пункти яқинида оқ байроқ кўтариб турган палестинлик фуқароларга нисбатан ўқ узганини тан олди.

Isroil strategiyasi: Mamlakatning siyosiy ustunlikka ega bo‘lish uchun amalga oshirayotgan «o‘yinlari»

16 июл куни Исроил ҳарбий самолётлари Сурия пойтахти Дамашқдаги муҳим объектларга — Мудофаа вазирлиги, Ҳарбий штаб ва Президент саройи атрофига зарба берди. Бу ҳужум оддий ҳаво зарбаси эмас эди — бу аниқ сиёсий стратегиянинг давомидир.

Mashinasiga 200 kilodan ziyod narkotik ortgan diplomat qo‘lga tushdi — Bolgariya

Болгарияда дипломатнинг машинасига ортилган 200 килограммдан зиёд гиёвандлик моддаси мусодара қилинди. Таъкидланишича, мамлакат тарихида бунчалик йирик наркотик партияси биринчи марта фош қилинди.

Navoiyda vodorod sulfid me’yordan 16,8, ammiak 1,4 barobar oshgani ma’lum bo‘ldi

Бунга «Навоийазот» корхонаси чиқиндилари сабаб бўлгани тахмин қилинмоқда. Корхона эса ҳодиса уларга алоқадор эмаслигини билдирган.

"Putin, navbating keldi..."

Сиз бутун дунё ҳисобига арзон Россия нефтини сотиб оляпсиз, ва Президент Трамп бу ўйиндан чарчади.

Xitoydagi xususiy bog‘chada bolalar qo‘rg‘oshindan zaharlandi

Иш бўйича олти киши, жумладан инвестор, директор ва ошпазлар ҳибсга олинган.

Gonkongda kuchli tayfun avj olmoqda

Шамолнинг тезлиги соатига 160 км/соатга етмоқда.

Индонезия соҳилларида бортида 280 нафар йўловчи бўлган паром ёниб кетди

Индонезия ҳарбий-денгиз кучлари ёнғин қурбонлари ва жабрланганларни эвакуация қилиш учун учта кема юборди.

Газода болалар очликдан нобуд бўлмоқда

Бугунги кунда Газода минглаб инсонлар, жумладан, болалар ҳам очлик ва етарли озуқа етишмаслиги сабаб оғир аҳволга тушиб қолган.

Исроил ёрдам маркази яқинида 25 нафар очликдан азият чеккан фаластинликни ўлдирди

Медицин манбаларга кўра, шанба куни Исроил ҳарбийлари Жанубий Ғазонинг Рафа шаҳридаги ёрдам маркази яқинида тўпланган очликдан азият чеккан фаластинликлар тўдасига ўт очиши натижасида камида 25 киши ҳалок бўлди, яна 70 нафардан ортиқ инсон жароҳат олди.

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади — «Ўзгидромет» 21–24 июл (душанба–пайшанба) учун эълон қилган об-ҳаво прогнози шуни кўрсатмоқда.

Ас-Сувайдадаги тўқнашувларда ҳалок бўлганлар сони 940 нафарга етди

Бу ҳақда Syria Human Rights Observatory маълумотига таяниб, The Times of Israel нашри орқали "Report" хабар берди.

Аббас Аракчӣ: Эрон ва Исроил ўртасидаги ўт очмаслик режими жуда нозик

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Аракчӣ “IRNA” агентлигига берган баёнотида маълум қилди.

Steigan: Трамп Москвага ультиматум қўйди

У Москвадан Украина билан тинчлик келишувини имзолашни талаб қилди.

Трамп Ғазо секторидан 10 нафар гаровдаги шахсни қайтаришга ваъда берди

АҚШ Президенти Дональд Трамп, Ғазо секторидан яна 10 нафар исроиллик гаровдаги шахслар яқин вақт ичида озод қилиниши кутилаётганини маълум қилди.

Трамп АҚШлик медиамагнатнинг судда кўрсатма беришини интиқлик билан кутмоқда

Трамп бу ҳақда Truth Social ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Исроил Ғазодаги қочқинлар лагерлари ва уйларга зарба берди: ҳалок бўлганлар орасида аёллар ва болалар бор

Исроил армияси Ғазо секторидаги турли ҳудудларга, жумладан, яшаш уйлари ва қочқинлар жойлашган чатирларга ҳаво ва қуруқликдан зарбалар берди.

АҚШ элчиси Исроил ҳукуматини масиҳий ташкилотларга нисбатан босимда айблади

АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.

«Бу сафаргиси ҳақиқий»: Исроилга янги санкциялар жорий қилинди

Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.

Аслида тарбиячига тарбия керак шекилли: Боғчада 2 ёшли бола шафқатсиз калтакланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилмоқда.

Мурод Назаров: "Тошкентда дарахтларни кесишни чекламаслик керак"

Қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркор сўзларига кўра, дарахт кесишга қўйилган чекловлар коррупцияни кучайтиради. У мазкур масалага ечим сифатида қурувчи компания зиммасига кесилган дарахтлар ўрнига янгиларини экишни юклаш кераклигини кўрсатди.

Грузияда жиноий гуруҳлар билан алоқада гумонланган 20 киши қўлга олинди

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ ИИВ вазири ўринбосари Александр Дарахвелидзега таяниб хабар берди, дея маълум қилади “Report” агентлиги.

Исроил ҳужумида Дамашқда ҳалок бўлганлар сони уч нафарга етди, 30 дан ортиқ киши яраланди

Бу ҳақда Сурия Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди, деб хабар бермоқда агентлик SANA.

Киевга қурол бериладими?

Трамп ўзини Россия ёки Украина томонида эмас, «инсонпарварлик томонида» эканини билдирди.

Сирдарёда фуқаро Cobalt’ини йўл четидаги бетон тўсиққа урди. Aвтомашина мажақланиб, ёниб кетди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий муносабат берилди.

2090 йилгача Тошкент ва Остонада жазирама иссиқ сабаб 23 минг киши ҳалок бўлиши мумкин

Жаҳон банкининг сўнгги таҳлилига кўра, Тошкент шаҳрида юқори ҳароратлар инсон соғлиғи учун жиддий хавф туғдирмоқда.

Хоразмда саксовулфурушларни таъқиб қилган экоинспекторлар калтакланди

Айни пайтда инспекторлар Н.Муҳаммадиев ва О.Ҳесеновга нисбатан оғир жисмоний тажовуз содир этилган, улар турли даражадаги тан жароҳатларини олган.