Bolalar uchun hajviy kinojurnallar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

A A A
Bolalar uchun hajviy kinojurnallar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ishlab chiqaruvchi sub’ektlar (yuridik shaxslar) o‘rtasida bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan hajviy kinojurnallar yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qildi.

Hajviy kinojurnalda quyidagi mavzular yoritilishi lozim:

  • bolalarga shaxsiy gigiyena, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, uyqu rejimi buzilishi kabi sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq muammolar va tibbiy madaniyat haqida tushuncha berish (15 qism);
  • qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq voqealarni kulgili va ta’limiy tarzda tasvirlash (5 qism);
  • bolalarning mahallada jamoat ishlaridagi ishtiroki, keksalar va mahalladoshlar bilan o‘zaro munosabatlarini aks ettirish (15 qism);
  • bolalarga energiya resurslarini tejash, elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish kabi ko‘nikmalarni o‘rgatish (15 qism);
  • bolalarni milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash (20 qism);
  • bolalarning kundalik hayotida uchraydigan voqealarni qiziqarli syujetlar orqali yumor bilan ochib berish (10 qism);
  • sanoat ob’ektlari va attraksionlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ehtiyot bo‘lish haqida bolalarga tushuncha berish (5 qism).

Markaz barcha ijodiy tashkilotlar va kino hamda animasion studiyalarni tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin:

Telefon: +998555111505 (ichki: 1005)
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-"A" uy


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга