Boks rasman Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

Boks Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin oladigan bo‘ldi. Bu haqida Gresiyada o‘tayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) 144-Sessiyasida rasman e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, bellashuvlar «World Boxing» tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Ushbu qaror qabul qilinguniga qadar boks Olimpiya o‘yinlari musobaqalari ro‘yxatidan chiqarilgan edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab bo‘ldi. Mazkur tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 2019 yilda — IBAʼning oldingi rahbarligida, federasiya boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan.
2020 yilda IBAʼga rossiyalik Umar Kremlyov yangi rahbar sifatida saylandi. Ammo XOQ tashkilotga qayta ishonch bildirmadi va 2024 yilning iyun oyida IBAʼni tan olingan federasiyalar ro‘yxatidan rasman chiqarib tashladi. Qaror Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan ma’qullandi.
XOQ va IBA o‘rtasidagi so‘nggi mojaro Rossiya va Belarus sportchilari federasiyasi shafeligida o‘z mamlakatlari bayroqlari ostidagi musobaqalarda qatnashishi bilan bog‘liq vaziyatda yuzaga keldi. Bu XOQ tavsiyalariga mos kelmaydi.
Oqibatda, oqibatda o‘tgan yilning may oyida XOQ IBAʼga a’zo federasiyalar sportchilarini 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashishni taqiqladi. Shunga qaramay, Parij-2024 Olimpiadasida boks musobaqalari XOQning maxsus ishchi guruhi nazorati ostida o‘tkazildi.
2023 yilning 13 aprel kuni «World Boxing» tashkilotiga asos solindi va u IBAʼga muqobil sifatida katta sahnaga chiqdi. Tuzilma boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Shu kundan boshlab «World Boxing» rasmiylari Olimpiya o‘yinlarida o‘z boks delegasiyalari ishtirokini ta’minlash istagida bo‘lgan davlatlarga tashkilotga a’zo bo‘lish taklifini yubora boshladi.
Aprel oyining o‘zida Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvesiya va Qo‘shma Shtatlar vakillari yangi xalqaro federasiya – «World Boxing» tashkil etilganini rasman e’lon qildi hamda «boshqaruv va halollik» bilan bog‘liq muammolar tufayli IBA a’zoligidan chiqishini bildirdi.